Allegri "Yuventus"ni tark etishga qaror qildi

  • 22 fevral, 2023, 18:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Massimiliano Allegri joriy mavsum oxirida "Yuventus"ni tark etadi. "Calciomercato" nashrining ma’lum qilishicha, 55 yoshli mutaxassis o‘z qarori haqida Turin klubi rahbarlarini xabardor qilgan.

Tecno

Allegri 2021 yilning o‘rtalarida faoliyatida ikkinchi marta "keksa senora"ni qabul qilib olgan edi. O‘shandan beri 84 uchrashuvda jamoa 46 marotaba g‘alabani nishonladi, 17 ta durang o‘ynadi va 21 marta mag‘lub bo‘ldi.

Ayni damda "Yuventus" Italiya chempionati turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Yaqinda klub tomonidan moliyaviy firibgarlik uchun jamoadan 15 ochko olib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, "zebralar" navbatdagi o‘yinini 23 fevral kuni Evropa ligasi doirasida "Nant"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!