
Allegrining "Yuventus"dagi taqdiri aniq
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri kelasi mavsumda ham o‘z lavozimida qoladi.
Yakunlangan mavsumdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng italiyalik mutaxasssning jamoadagi kelajagi jiddiy shubha ostida edi, boisi Turin klubi birorta sovrin yuta olmadi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kirita olmadi. Jurnalist Franko Leonettining yozishicha, «Yuventus» rahbariyati allaqachon Allegri bilan klubning mavsumoldi transfer rejalarini muhokama qilmoqda, bu esa «keksa sinora»ning yangi mavsumda Allegri bilan hamkorlikni davom ettirish niyatini tasdiqlaydi.
Massimiliano Allegrining "Yuventus" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Unga Saudiyaning “Al-Hilol” klubi yaxshi maoshli taklif bilan murojaat qildi, ammo u buni rad etdi.
Fikrlar