Alli hech kimga kerak emas

  • 07.01.2023 12:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyalik yarim himoyachi Dele Allining "Beshiktosh"dagi faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lmadi.

Sabah nashri xabariga ko‘ra, turk grandi rahbariyati ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilib, futbolchini "Everton"ga qaytarmoqchi. Biroq mersisaydliklar futbolchini qaytarib olmoqchi emas va ijara shartnomasini buzishni xohlamayapti.

Alli Turkiya chempionatining joriy mavsumida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Uning istanbulliklar bilan ijara shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Delening transfer narxi 14 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!