
Alli “Yuventus”ga qarshi bahs haqida: Hali hech narsa tugamadi
Londonning “Tottenxem Xotspur” klubi yarim himoyachisi Dele Alli EChL 1/8 finali doirasida “Yuventus”ga qarshi kechadigan javob o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘tgan o‘yinning dastlabki 15-20 daqiqasida “Yuventus”ning qanday kuchga ega ekanligini ko‘rsatdi. Keyin esa biz ko‘rsatdik. Ikki to‘p farqi bilan yutqazish yoqimsiz holat. Biroq biz ularning maydonida o‘zimiz istagan natijani qayd eta oldik.
Biroq hali hech narsa tugagani yo‘q. Raqibimizning darajasi juda ham yuqori. Ular istalgan vaziyatda muammo tug‘dira olishadi. Umuman EChLdagi hamma raqiblar xavfli. Hattoki, to‘p senda bo‘lsa ham diqqatni yo‘qotmaslik talab etiladi.
Bizda bu o‘yin uchun reja bor va g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bu bizning maqsadimiz”, – deb aytib o‘tdi Alli.
Fikrlar