"Almaty Juniors Asian Cup 2026" turniri. Dzyudochilarimiz birinchi kun bellashuvlarida 9 ta medal qo‘lga kiritishdi, 4 tasi oltin!

  • 13.06.2026 10:05
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozogʻiston mezbonlik qilayotgan "Almaty Cadets and Juniors Asian Cup 2026" musobaqasining uchinchi kuni yoshlar oʻrtasidagi bahslariga start berildi. 

Dunyoning 12 davlati dzyudochilar qatnashayotgan turnirda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi kadetlarimiz singari ishonchni oʻqlashyapti. Ular ilk kungi bellashuvlarda 4 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi. 

Birinchi kun shohsupaga koʻtarilgan dzyudochilarimiz:

Oltin medallar:
-52 kg: Nigina Umirzoqova  
-57 kg: Rayhona Mamatova
-60 kg: Dilshod Karimov 
-66 kg: Asadbek Misirov 

Kumush medallar:
-63 kg: Asal Karimjonova
-60 kg: Ramziddin Norboboev 
-66 kg: Abdurahmon Saʼdullaev 

Bronza medallar:
-52 kg: Saodat Qoraboeva
-63 kg: Adina Abilqosimova

Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!