Alonso buni adolatsizlik va noto‘g‘ri deb atadi

  • 14.01.2026 11:10
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dushanba kuni "Real Madrid" jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoni lavozimidan ozod etilganini e’lon qilgan edi.

"The Athletic" nashrining yozishicha,"Ispaniya Superkubogi finalidan so‘ng Alonso klubning mashg‘ulot bazasiga taklif qilingan. U yerda "qirollik klubi" bosh direktori Xose Anxel Sanches bilan uchrashuv o‘tkazilgan va mutaxassisni  hamkorlikni to‘xtatish haqida ogohlantirgan. Bunga javoban Alonso bu qarorga qo‘shilmasligini bildirib, uni adolatsiz va noto‘g‘ri deb aytgan. U ketish sababi sifatida, klub ichidagi "galaktikos" hokimiyati madaniyati bilan bog‘ladi", - deb yoziladi manbada.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik mutaxassis "qaymoqranglilar"ni 2025 yilning 1 iyun sanasida qabul qilib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!