Alonso: "Men "Real" Mbappega bog‘liq deb aytmayman"

  • 20.10.2025 14:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liga doirasida "Xetafe"ga qarshi o‘tgan bahs (1:0) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Vinisius o‘yinga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Undan kelib chiqqan kartochkalar, almashinuvlar – bularning barchasi bizga ustunlik berdi va biz bundan foydalandik. Bu hamma futbolchi muhim ekanining yaxshi namunasi. Gyuler ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi — u Mbappega a’lo pas berdi.

"Xetafe" maydonida o‘ynash doimo qiyin. Bu erda jang qilishni, xarakter ko‘rsatishni bilish kerak. Bunday o‘yinlar go‘zal bo‘lmasligini ham tushunish zarur.

Biz diqqat bilan harakat qildik va kerakli ishni bajardik. Jamoa to‘qqiz kishi bilan o‘ynayotganda, oxirgi daqiqalarda shunday holatlar bo‘lmasligi kerak edi. To‘pni yo‘qotdik va to‘g‘ri pozitsiyani egallay olmadik, shunga qaramasdan son jihatidan ustun edik. Ammo eng muhimi – bizda endi uch ochko bor. Qolganini tahlil qilamiz.

Men "Real" Mbappega bog‘liq deb aytmayman. Biz undan juda mamnunmiz. U gollari va faol ishtiroki bilan hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmoqda. Uning gollari ortida katta mehnat yotadi va bu hammasidan muhim", — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!