Rossiyaning TsSKA klubi sobiq futbolchisi Oleg Kornauxov “Real” klubida bosh murabbiy Xabi Alonso atrofida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Ma’lumki, “Real”ning o‘yini va natijalaridagi pasayish, klubning ichki muhitining buzilishi ispaniyalik murabbiyni qiyin ahvolga solib qo‘ydi.
- Xabi Alonso “Real”ni qayta qurishga urinyapti. U jamoaning barcha yulduz futbolchilarini o‘ziga bo‘ysundirishni istaydi. Alonso buni “Bayer”ni boshqarganida uddalagan edi.
Leverkuzenda qilgan ishini Madridda ham eplayman, chunki bu erdagi o‘yinchilar ancha kuchliroq, deb o‘yladi.
Hozir qayta qurish jarayoni ketyapti, ustiga-ustak jarohatlar bor, qolaversa, “Real”da kichik omadsizlikda darrov kuchli bosim boshlanadi.
Xabi Alonso zo‘r futbolchi edi, katta jamoalarda o‘ynagan, chempion bo‘lgan. Hozir esa, qiyinchilik tagida qoldi, ammo hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q, jamoasi birinchi o‘rindan atigi to‘rt ochkoga ortda qolyapti xolos.
Alonso bosh murabbiy sifatida bu bosimlarga bardosh berishga va orzu qilayotgan jamoasini qurishga etarli darajada echim topishiga umid qilaman, - dedi Kornauxov.
Fikrlar