Alonso “Real”dan “Chelsi”ga yordamchi kuchlarni chaqirdi
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoadan Enzo Fernandez ketgan taqdirda, «Real»ning ikki yarim himoyachisi — Orelien Tchuameni va Arda Gyulerni o‘z jamoasi safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Sport.es nashri ma'lum qilishicha, ikki futbolchi ham Joze Mourinyo bosh murabbiy bo‘lib kelganidan keyin Madrid klubidagi kelajagiga ishonchsiz qaramoqda.
Shu bilan birga, «Real» Tchuamenini sotishga shoshilmayapti. Biroq Enzo Fernandez transferi amalga oshsa, fransuz yarim himoyachisi bilan xayrlashish ehtimoli mavjud. Madriddliklar uning transfer narxini kamida 90 million yevro deb baholamoqda.
Manbaga ko‘ra, Xabi Alonso «Real»da ishlagan davrida ham Tchuameni va Gyuler bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan.

Fikrlar