Alonso "Real"ni Chempionlar ligasidagi dastlabki uch uchrashuvda g‘alabaga etaklagan murabbiylar safidan joy oldi

  • 23.10.2025 15:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" kecha bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi 3-turida "Yuventus"ni (2:1) mag‘lub etdi.

Bundan avval madridliklar "Qayrat" (5:0) va "Marsel" (2:1) ustidan ham g‘alaba qozongan edilar.

Shu tariqa Xabi Alonso "Real" bilan Chempionlar ligasidagi dastlabki uch uchrashuvini g‘alaba bilan boshlagan beshinchi murabbiyga aylandi.

Bungacha bu natijaga Yupp Haynkes, Karlush Keyrush, Joze Mourinyu va Karlo Anchelotti erishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!