Alonso “Real”ning ikki mashhur o‘yinchisini ketkazadi
“Real” mutasaddilari yangi bosh murabbiy Xabi Alonso talablari asosida 2026-2027 yilgi mavsum uchun tarkib shakllantirish bo‘yicha ish boshladi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar yozda jamoaga Trent Aleksander-Arnold, Din Xyoysen va Alvaro Karrerasning kelishi bilan boshlangan himoya chizig‘idagi islohotlarni yakuniga etkazib qo‘ymoqchi.
Xabi Alonso kelajakda David Alaba va Antoni Ryudiger kabi tajribali himoyachilar xizmatidan foydalanmoqchi emas. Shu bois, klub rahbariyati bu o‘yinchilarni qo‘yib yuboradi.
Har ikki himoyachining “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Madridliklar ularga yangi bitim taklif qilmaydi.
Ryudiger va Alabadan bo‘shagan joyga Xabi Alonso “Liverpul” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Ibrohim Konateni olib keladi. Shuningdek, “Real”ning ikkinchi jamoasida o‘zini ko‘rsatayotgan 18 yoshli markaziy himoyachi Xoan Martines asosiy tarkibga o‘tkaziladi.
Fikrlar