Alonso sharmandali mag‘lubiyat sabablarini aytdi
«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso APL 5-turida «Brentford»ga qarshi uchrashuvdagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
- Hammasi, ayniqsa natija, ko‘nglimizni qoldirdi, ammo biz yaxshiroq o‘ynay olamiz. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz shart. 45 daqiqa davomida yaxshi kurashdik, ammo ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz pasayib ketdi va uchta gol o‘tkazib yubordik.
Dikkatni yo‘qotmaslik kerak. Standart vaziyatdan gol o‘tkazib yuborsangiz, raqib ustunlik va o‘yin nazoratiga ega bo‘ladi. Ikkinchi goldan keyin vaziyat yanada murakkablashadi, jarima maydoni yaqinida intizom bilan bog‘liq kichik muammolar paydo bo‘ldi. Buni tuzatishimiz kerak, bular bizning xatolarimiz edi.
Birinchi bo‘limda o‘yin ichida edik, ammo xavfli vaziyatlar yarata olmadik. Bizga qulay pozitsiyadan zarba berish uchun so‘nggi uzatma, so‘nggi fint yetishmadi. Ammo bu masalaning bir tomoni.
Ikkinchi tomoni esa raqib hujum qilayotganda pozitsiyani saqlash, zich o‘ynash, himoyalanish va birdamlikni saqlashdir. Yakkakurashlarda g‘alaba qozonish va bu borada barqarorlikka erishishimiz kerak, — deya Alonsoning so‘zlarini BBC keltiradi.

Fikrlar