Alonso: Shu yulduzni olaman, ikkitang ketasan!
“Real”ni qabul qilib olganidan beri jamoa tarkibini o‘z o‘yin uslubiga moslashtirishga harakat qilayotgan Xabi Alonso o‘ziga kerak bo‘lgan yana bir futbolchini olishga urinib ko‘radi.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik murabbiy o‘z jamoasida ayni paytda “Bavariya” sharafini himoya qilayotgan Maykl Oliseni ko‘rmoqchi.
Manbaga ko‘ra, Xabi Alonso jamoada Vinisius Junior, Kilian Mbappe va Maykl Olisedan iborat hujum uchligini tashkil qilishni mo‘ljallagan.
Transferlar bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, Evropaning qator grandlari nishonida turgan Oliseni olish oson bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Myunxen superklubi frantsiyalik futbolchi transferi uchun 100 million evrodan ko‘p pul talab qiladi.
Ekspertlar agar Xabi Alonso Maykl Oliseni qo‘lga kiritsa, uning pozitsiyada o‘ynaydigan Rodrigo va Braim Dias o‘ziga boshqa jamoa topishiga to‘g‘ri keladi. 23 yoshli Olisening “Bavariya” bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar