
A’loxon Abdullaev "IBA chempionlar oqshomi"da jang qiladi. Raqib ma’lum!
Xabaringiz bor, 14 aprel kuni Toshkentda katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. “IBA chempionlar oqshomi”ning markaziy jangida Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi jang qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi, Jahon terma jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Hozirga kelib, bokschilarimizning raqiblariga oydinlik kiritilmoqda. Jumladan, iste’dodli vakilimiz A’loxon Abdullaev ham 75 kgda ushbu kechada ringga ko‘tariladi. Ma’lum bo‘lishicha unga mo‘g‘ulistonlik Jargal Otgonjargal raqiblik qiladigan bo‘ldi.
Ushbu jang 6 raund qilib belgilangan.
Fikrlar