Aʼloxon Abdullaev ogʻir oʻtgan bahsda gʻalabani qoʻlga kiritdi
Ayni paytda Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiborlisi, unda bir qator hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazyapti.
Hozirgina iqtidorli charm qo‘lqop ustamiz A’loxon Abdullaev va qirg‘izistonlik Daniyel’ Abdurahmonov o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Shiddatli va keskin kurashlarga boy o‘tgan to‘qnashuvda Abdullaev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu oqshomning markaziy jangida o‘zbekistonlik Timur Nikulin va Qozog‘iston vakili Erkabulan Toktar qarama-qarshili o‘tkaziladi.
Fikrlar