Alvarez oddiy raqiblar bilan o‘ynamaydi, u “Real”ga qarshi to‘qnashuvni kutyapti

  • 15.09.2026 23:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares La Liganing 20 sentabr  kuni 7-turida bo‘lib o‘tadigan “Real”ga qarshi uchrashuvgacha tiklanishni maqsad qilgan.

Marca nashri xabar berishicha, argentinalik futbolchi shanba kungi mashg‘ulotni muddatidan oldin yakunlashga majbur bo‘lganidan keyin o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv uning jiddiy jarohat olmaganini ko‘rsatgan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Alvares UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida “Liverpul”ga qarshi (1:2) uchrashuvni noqulaylik his qilgan holda yakunlagan. Ushbu bahsda argentinalik futbolchi mavsumda birinchi marta to‘liq 90 daqiqa o‘ynagan. Bu 2026 yildagi jahon chempionati va o‘zining kelajagi borasidagi noaniqlik sabab mavsumoldi tayyorgarligi to‘liq o‘tmagani fonida yuz bergan.

Ma’lum qilinishicha, Alvares va madridliklarning yana bir hujumchisi Aleksander Syorlot La Liganing 6-turida “Osasuna”ga qarshi 16 sentabr kuni bo‘ladigan uchrashuv oldidan umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazmadi. Uchrashuv oldidan jamoa ixtiyoridagi yagona hujumchi Jonatan Devid bo‘lib turibdi.

Jonatan Devid yozgi transfer oynasida Italiya ning “Yuventus” klubidan “Atletiko”ga o‘tgan. Syorlot va Alvares yo‘qligida kanadalik futbolchi 13 sentabr kuni “Real Sosyedad”ga qarshi  uchrashuvda debut golini urdi va jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!