Alvarez transferida kutilmagan burilish yuz berdi
El Chiringuito jurnalisti Jota Jordining xabar berishicha, Madriddning “Atletiko” klubi argentinalik hujumchi Julian Alvaresning Kataloniyaning “Barselona” klubiga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga yozma ravishda rozilik bergan.
- Madriddning “Atletiko” klubi Julian ga uning “Barselona”ga o‘tishi ma’qullangani haqida yozma tasdiq berdi, - deya Jota Jordining so‘zlarini El Chiringuito nashri keltirmoqda.
Alvares 2024 yil yozida “Manchester Siti”dan “Atletiko”ga 75 million yevro evaziga o‘tgan edi. Bundan tashqari, transfer shartlarida yana 20 million yevro bonuslar ko‘zda tutilgan.
Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O‘tgan mavsumda argentinalik hujumchi “Atletiko” safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuv o‘tkazib, 20 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Joriy mavsumda esa Julian Alvares hozircha faqat bir marta maydonga tushgan va gol ura olmagan.

Fikrlar