Alves nechta uchrashuvga chetlatildi?

  • 10.02.2022 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi La Liga doirasidan o‘rin olgan "Espanol" va "Valensiya"ga qarshi o‘yinlarda tajribali himoyachi Dani Alvesning xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Gap shundaki, 38 yoshli braziliyalik futbolchi o‘tgan tur "Atletiko"ga (4:2) qarshi o‘yinning 69-daqiqasida "matraschilar" a’zosi Yannik Ferreyro Karraskoning oyog‘iga orqa tomondan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan edi. Bunday turdagi qo‘pollik uchun futbolchi kamida 2 ta uchrashuvga chetlatiladi.

“Barselona” La Liga musobaqa jadvalida 38 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!