Amaldagi UFC chempioni kamaridan voz kechmoqchi
Amaldagi UFC chempioni Shon Striklend promoushendagi moliyaviy siyosatga nisbatan norozilik bildirib, zarurat tug‘ilsa chempionlik kamarini ham bo‘shatishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
"Rostini aytsam, UFC ning bu tizimidan juda charchadim. Konor Makgregor o‘ttiz soniya jang qilib, o‘ttiz million oldi, bizga esa shu pulning kichik bir qismini ham berishni istashmaydi.
Hozir kamarimdan voz kechib, yarim og‘ir vaznga o‘tib, shartnomani iloji boricha tez tugatish, keyin esa Jeyk Pol bilan jang qilib, o‘sha yigitlar kabi pul ishlash g‘oyasi juda katta vasvasaga solyapti", — deb yozdi Shon.

Fikrlar