
Amerika kubogi. Braziliya dastlabki finalchiga aylandi
Bundan biroz avval Amerika kubogining yarim finalidan o‘rin olgan Braziliya hamda Peru terma jamoalari bahsi yakunlandi.
Lukas Paketa tomonidan kiritilgan yagona gol braziliyaliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Shu tariqa Tite shogirdlari musobaqaning dastlabki finalchisiga aylandi.
Endi Braziliya hal qiluvchi o‘yinda Argentina va Kolumbiya terma jamoalari juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Braziliya – Peru - 1:0
Gol: 1:0 – 35 Lukas Paketa.
Braziliya: Ederson, Markinos, Lodi (Militao, 85), Tiago Silva, Danilo, Kazemiro, Lukas Paketa (Duglas Luis, 90), Fred (Fabino, 85), Everton (Everton Ribeyro, 70), Neymar, Risharlison (Vinisius Junior, 85).
Peru: Galese, Korso (Lora, 75), Santamariya, Ramos (Garsiya, 46), Kalens, Penya, Yotun, Tapiya (Tavara, 89), Kueva (Ormeno, 81), Trauko (Lopes, 46), Lapadula.
Fikrlar