Amerikalik bokschi: "Men Aleksandr Usikni hech qanday muammosiz nokautga uchratardim"
57 yoshli Amerika boks shon-sharaf zalining a’zosi va uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jeyms Toni ukrainalik taniqli charm qo‘lqop ustasi Aleksandr Usikni qattiq tanqid qildi.
"Agar Usik mening davrimda jang qilganida, hozirgidek yutuqlarga erisha olmasdi. U o‘rtacha bokschi, buyuk emas. Zamonaviy bokschilarning hech biri tarixdagi eng buyuklar qatoriga kirmaydi. Chunki ular katta janglarni xohlamaydi. Buyuk bo‘lishning esa yagona yo‘li - buyuk raqiblarga qarshi ringga chiqishdir! Hozir og‘ir vazn toifasi butunlay boshqa darajada. Ochig‘i, men o‘sha ukrainalikni hech qanday muammosiz nokautga uchratardim", - deya Tonining so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow".
Ma’lumot uchun, Jeyms Toni professional faoliyati davomida 70 g‘alaba (47 KO), 10 mag‘lubiyat va 3 durrang qayd etgan.
Fikrlar