Amerikalik grosmeyster O'zbekistonga murojaat qildi

  • 16.06.2026 08:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amerikalik grossmeyster Hans Niman Toshkentda o‘tgan UzChess Cup Masters musobaqasidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi. 

Jahonning eng kuchli shaxmatchilari qatorida qayd etiladigan Niman musobaqani yettinchi o‘rin bilan yakunladi. U 9 imkoniyatdan 4 ochko to‘pladi. Turnir yakunlangandan so‘ng grossmeyster ijtimoiy tarmoqlarda maxsus xabar qoldirib, O‘zbekistonda ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik izhor etdi.

- Toshkentdagi turnir men xohlaganimdek kechmagan bo‘lsa-da, lekin safarni aeroportda tayyorlangan klassik o‘zbek palovi bilan yakunladim. O‘zbekistonning shaxmatga bo‘lgan muhabbati va energiyasi ruhlantiradi. Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga qaytishni orziqib kutyapman!, — deb yozdi Hans Niman.

UzChess Cup Masters g‘olibligi 19 yoshli o‘zbek shaxmatchisi Muhiddin Madaminovga nasib etdi. U dramatik tay-breykda o‘z vatandoshi Shamsiddin Vohidovni mag‘lub etdi. Klassik dastlabki bosqichda har ikki shaxmatchi ham 5,5 ochkoden jamg‘argan edi.

Ma’lumot uchun, Hans Niman FIDEning jahon reytingida klassik yo‘nalish bo‘yicha 2742 reyting bilan 12-o‘rinni egallab turibdi. U 2022 yilda Magnus Karlsen bilan yuz bergan mojaroli duel’dan so‘ng butun dunyoga tanildi va hozirda sayyoraning eng ko‘zga ko‘ringan shaxmatchilari qatorida hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!