Amerikalik murabbiy: "Terens Krouford Saul Alvaresga bilan revanshga rozi bo‘ldi"

  • 27.09.2025 19:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Sobiq jahon chempioni, hozirda murabbiylik faoliyatini davom ettirayotgan Robert Garsiya hamyurti Terens Krouford meksikalik Saul “Kanelo” Alvares bilan revansh jangini qabul qilishini aytdi.

"Menimcha, Krouford revanshga rozi bo‘ladi. Chunki u "Kanelo" ustidan yana g‘alaba qozonishini biladi. Bundan tashqari, jang uchun juda katta pul tikilishi aniq. Shunday ekan, nega bu imkoniyatdan foydalanmaslik kerak? Menimcha, u faoliyatini revanshdan keyin yakunlaydi", — dedi Garsiya "Milly City Boxing" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Krouford yaqinda "Kanelo" Alvaresni mag‘lub etib, mutlaq jahon chempioniga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!