
Amirxon Alixo‘jaev Doston Bozorovning kamari uchun jang qiladi!
21 sentbyar kuni poytaxtimiz - Toshkent shahrida "Octagon 79" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Amirxon Alixo‘jaev (12-5) ham ishtirok etib, engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun qozog‘istonlik Sayat Abduali(8-0)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Doston Bozorov yangi promoushen bilan shartnoma imzolashga yaqin turgani bois, engil vazndagi ushbu kamarni vakant qoldirmoqda.
Fikrlar