
Amorim ham avliyo emas ekan: “Manchester Yunayted” hali ancha qiynaladi!
Angliya chempionatining 12-turiga kelib, “Manchester Yunayted” yangi bosh murabbiy Ruben Amorim boshchiligida ilk uchrashuvini o‘tkazdi.
“Ipsvich Taun” jamoasi mehmoni bo‘lgan manchesterliklar safar uchrashuvida bazo‘r durang natijani saqlab qoldi.
Uchrashuvdan keyin portugaliyalik mutaxassis o‘z fikrlarini bildirdi.
- Natijamiz muxlislarning xafsalasini pir qilganini bilaman. Lekin biz o‘zgarish jarayonidamiz va buning uchun ko‘proq uchrashuvlar talab etiladi.
Biz hali uzoq qiynalamiz, lekin imkon qadar uchrashuvlarda g‘olib chiqishga harakat qilishimiz kerak. Bu vaqt oladi.
Uchrashuvda darvozabon Andre Onana ishonchli o‘ynamaganida yutqazib qo‘yishimiz ham mumkin edi. Ikki kunlik mashg‘ulotlarda yigitlar ko‘p narsani o‘zgartirishga ulgurgani yo‘q, - dedi Ruben Amorim.
Fikrlar