
Amorim “Manchester Yunayted” uchun “yangi Ronaldu” topib berdi
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim harchand urinmasin jamoa keskin o‘zgargani yo‘q.
Ayniqsa, manchesterliklar o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Bornmut”dan yirik hisobda engilgani katta e’tirozlarga sabab bo‘lyapti.
TEAMtalk nashrining ma’lum qilishicha, Ruben Amorim klub skautlaridan bor e’tiborini Portugaliya bozoriga qaratishni so‘radi. Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis o‘z yurtidan “yangi Ronaldu”ni topishni maqsad qilgan.
Hozircha, bosh murabbiyga ikki nomzod ma’lum kelib turibdi. Ulardan biri 17 yoshli hujumkor futbolchi Jovani Kenda “Sporting”ning asosiy figuralaridan biriga aylanib ulgurdi.
Aynan mana shu futbolchini bo‘lajak “Ronaldu” deb ta’riflashyapti. Kendani “Sporting”da aynan Amorimning o‘zi kashf qilgan.
Ikkinchi nomzod “Benfika” vakili Antoniu Silva himoyada ishonchli o‘ynaydi. 21 yoshli Portugaliya chempionatini uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda.
Fikrlar