Amorim murabbiylik faoliyatida tanaffus olishga qaror qildi

  • 29.04.2026 13:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ruben Amorim &quotManchester Yunayted"dan ketganidan keyin murabbiylikka qaytishga shoshilmayapti.

Portugaliyalik mutaxassis yanvar oyida iste'foga chiqarilgandi va uning o'rnini Maykl Kerrik egallagan. &quotA Bola" xabariga ko'ra, Amorim uzoq muddatli professional tanaffus olishga qaror qilgan va 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar hech qanday taklifni qabul qilmoqchi emas.

Shu bilan birga, u futboldan butunlay uzoqlashmaydi. Manbaga ko'ra, Amorim o'zi namuna deb biladigan murabbiylar ishini kuzatib boradi va keyinroq yaxshiroq tayyorgarlik bilan qaytishni maqsad qilgan.

Ruben Amorim 2024 yil noyabridan &quotManchester Yunayted"ni boshqargan edi. U bunga qadar Lissabonning &quotSporting" klubida muvaffaqiyatli ishlab, ikki marta Portugaliya chempioni bo'lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!