Amorim MYu rahbariyatidan ranjidi

  • 04.09.2025 21:37
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Ruben Amorim "Manchester Yunayted"ning transferlar oynasidagi faoliyatidan g‘azabga keldi.

"TEAMtalk" nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi yozgi transferlar oynasida Konor Gallaxerni jamoaga qo‘shib ololmagani uchun qattiq g‘azablangan. Amorim shaxsan "Atletiko" yarim himoyachisining transferini talab qilgan edi.

Avvalroq mankunianliklar angliyalik futbolchini ijaraga olishga uringani, ammo rad javobi olgani haqida xabar berilgandi.

Manbaning ma’lum qilishicha, portugaliyalik murabbiy MYu rahbariyati Kobbi Maynuning 2025/26 yilgi mavsum uchun ijara haqidagi iltimosini qondirmaganidan xafa, sababi bu holat klubning Gallaxerni sotib olish rejalariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!