Amorim voz kechgan futbolchiga uchta klub xaridor, yana beshtasi vaziyatni kuzatyapti
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Manuel Ugarte yaqinlashib kelayotgan qishki transfer oynasida jamoani tark etib, oʻziga boshqa ish joyi tanlashi mumkin.
Manchesterliklar bosh murabbiy Ruben Amorim urugvaylik futbolchini jamoaning asosiy tarkibida oʻynatmoqchi emas.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, qimmatbaho yulduzni birdaniga sotib yuborish juda qiyin jarayon va buni uddalash deyarli imkonsiz. Bunday holatda eng maqbul yoʻl uni ijaraga qoʻyib yuborish.
Manbaning maʼlum qilishicha, Manuel Ugarteni yanvarda “Galatasaroy”, “Lyon” va “Napoli” ijaraga olish ustida ish olib bormoqda.
Shuningdek, “Yuventus”, “Atletiko Madrid”, “Marsel”, “Aston Villa” va “Nyukasl” mutasaddilari futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
“Manchester Yunayted” Manuel Ugarteni sotishdan taxminan 45–50 million funt sterling (51–57 million yevro) ishlab olishni rejalashtirmoqda, Transfermarkt portali ekspertlari esa, 24 yoshli futbolchini 30 million yevroga baholagan.
Fikrlar