Amrabatning hamon MYuga o‘tish ehtimoli bor

  • 31.08.2023 10:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Sofyan Amrabat hali ham "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin.

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Fiorentina" yarim himoyachini ma’lum shartlar evaziga sotib olish majburiyati bilan ingliz klubiga ijaraga o‘tishini tashkillashtirishi ehtimoli bor.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" 27 yoshli marokashlik futbolchi uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda.

Oldinroq, mankunianliklar yarim himoyachining ijarasi uchun 2 million evro taklif qilgani, "binafsharanglilar" bunga rad javobini berib, uni 35 millionga sotmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!