
Ana xolos! APL autsayderi "Lester"ni yanchib tashladi
APL 35-turi doirasida "Bornmut" o‘z maydonida "Lester"ni qabul qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Dastlab uchrashuvning 23-daqiqasida Jeymi Vardi mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq ikkinchi taymda Stanislas penaltidan hisobni tenglashtirdi. Keyinroq Solanke dubl sohibi bo‘ldi va Evans avtogol gol muallifi bo‘ldi.
O‘yinning 70-daqiqasida Chag‘lar Suyunchju qizil kartochka bilan jazolandi.
Shu tariqa "tulkilar" kechagi "Chelsi"ning mag‘lubiyatidan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqib olish imkoniyatini boy berdi. "Bornmut" esa "Aston Villa"ni quvib o‘tib 31 ochko bilan 17-pog‘onaga joylashdi.
Keyingi turda "Lester" "Sheffild" bilan, "Bornmut" esa "Manchester Siti" bilan bahs olib boradi.
"Bornmut" – "Lester" 4:1
12 iyul, 23.00, «Din Kort»
"Bornmut" – Remsdeyl, Kelli, Steysi, Ake (Kuk, 40), Riko, Gosling (Billing, 46), Bruks (Kuk, 81), Lerma, Dandjuma (Stanislas, 46), Uilson (Serridj, 90), Solanke.
"Lester" – Shmeyxel, Seyundjyu, Evans, Fuks, Djastin, Tilemans, Olbrayton (Bennett, 16), Ndidi, Peres (Barns, 71), Ixeanacho (Prat, 46), Vardi.
Gollar: 0:1 – 23 Vardi, 1:1 – 66, penalti Stanislas, 2:1 – 67 Solanke, 3:1 – 83, avtogol Evans, 4:1 – 87 Solanke.
Fikrlar