Ana xolos! APL o‘yinlarni 90 daqiqadan kamaytirmoqchi

  • 05.05.2020 19:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi rahbari Gordon Teylorning so‘zlariga ko‘ra, APL mavsumni tiklagan taqdirda, o‘yinlarni 90 daqiqadan kamroq o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

“Biz turli variantlarni ko‘rib chiqyapmiz: 90 daqiqadan kam o‘yinlar va neytral stadionlar.

Biz musobaqaning adolatli o‘tishini ta’minlashimiz kerak, shuning uchun ham uydagi va safardagi o‘yinlarning ahamiyati haqida gaplashdik. Bundan tashqari, jamoalar tarkibi xuddi chempionat to‘xtatilgan paytdagidek bo‘lishi kerak”, - deydi Gordon.

Koronavirus tufayli to‘xtatib qo‘yilgan premer-liga bellashuvlari 8 iyundan yana davom ettirilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!