Ana xolos: Arman Tsarukyan kino yulduz bilan jang qilishi mumkin edi, biroq...
Xabaringiz bor, 2025 yil 30 dekabr kuni Yerevanda greppling bo‘yicha "Hype FC" turniri o‘tkazildi.
Markaziy bahsda esa UFC jangchilari – Arman Tsarukyan va Shara Bullet o‘zaro kurash olib borib, yakunda murosa ko‘chasini tanlashgandi.
Biroq bugun paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Armaning raqibi aslida boshqasi bo‘lishi kerak ekan. Aniqro‘g‘i, reja bo‘yicha Tsarukyan o‘sha kechada britaniyalik kinoyulduz Tom Xardi bilan kurash olib borishi lozim edi. Biroq Xardi filmda suratga tushayotgani sababli mazkur taklifni rad etishga majbur bo‘lgan va yakunda Sharabutdin Magomedov raqib sifatida tanlangan.
Fikrlar