
Ana xolos: “Barsa” ashaddiy raqib “Real” o‘ynatmagan o‘yinchini olmoqchi
“Barselona” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Real” tarbiyalagan Serxio Regilonni Kataloniyaga olib kelishni mo‘ljallayapti.
Chap qanotni to‘liq yopa oladigan Regilon “Qirollik klubi” tizimidan chiqqan bo‘lsa-da, asosiy jamoaga kira olmagan. U o‘z davrida “Logrones” va “Sevilya”da ijarada o‘ynadi. Madridliklar 2020 yili uni “Tottenxem”ga 30 million evro evaziga berib yubordi.
Serxio “Tottenxem”da ham asosiy tarkibning muqim o‘yinchisi bo‘la olmadi. “Shporlar” uni “Atletiko Madrid”, “Manchester Yunayted” va “Brentford”ga ijaraga jo‘natdi.
Sky Sports nashining yozishicha, “Barselona” mutasaddilari transfer masalasida futbolchining agentlari va “Tottenxem” rahbariyatiga murojaat qilgan. 27 yoshli himoyachi ayni paytda 12 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar