
Ana xolos: “Barsa”ni Klopp boshqaradigan bo‘lyapti
“Barselona” rahbariyati ikki yildan oshiq vaqt davomida jamoani boshqarib kelayotgan Xavi Ernandes o‘rniga boshqa bosh murabbiy olib kelishni rejalashtirmoqda.
El Nacional nashrining ta’kidlashicha, ispaniyalik mutaxassis o‘rnini “Liverpulsh”da ishlayotgan Yurgen Klopp egallashi kutilyapti.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis keyingi paytda “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan ko‘p muloqot qilmoqda. Buning natijasini klub mutasaddilari tajribali murabbiyni jamoaga taklif etiladigan nomzodlar ro‘yoxatiga qo‘shdi.
Yaqinda Joan Laporta klub sport direktori Deku bilan uchrashuv o‘tkazib, Xavi Ernandesning kelajagini muhokama qilgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.
Xavi Ernandesning o‘zi ham klubdagi kelajagiga joriy mavsum yakunlanganidan keyin oydinlik kiritilishini ma’lum qilgandi.
Fikrlar