Ana xolos! "Chelsi" futbolchisi 28 yoshida terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

  • 8 fevral, 2022, 22:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yarim himoyachisi Hakim Ziesh Afrika Millatlar kubogidan so‘ng Marokash terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Tecno

"Men Marokash terma jamoasiga qaytmayman. Bu mening yakuniy qarorim. Endi bor e’tiborimni "Chelsi"ning o‘yinlariga qarataman. Muxlislarning munosabatini tushunaman, ular uchun afsusdaman", - deydi marokashlik futbolchi.

28 yoshli futbolchi Marokash terma jamoasi safida 13 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Ziesh joriy mavsumda premer-ligada 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!