Ana xolos: Dana Uayt va Eddi Xirn mojarosi avjiga chiqmoqda

  • 19.02.2026 22:31
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq, UFC rahbari Dana Uayt "Matchroom Boxing" bosh direktori Eddi Hirn otasi uchun ishlashini va jamoasidan farqli oʻlaroq, boksni rivojlantirish boʻyicha oʻz qarashlariga ega emasligini aytgan edi.

Hirn esa "Zuffa Boxing" loyihasi ishga tushirilgandan keyin, promouterlar oʻrtasidagi keskinlashib borayotgan mojaro fonida UFC prezidentiga qattiq javob qaytardi.

"Dananing soʻzlaridan hayratda qoldim. Rostini aytsam, odatda, u asabiylashganda va xafa boʻlganda shunday gaplarni aytadi. Ha, men otamga ishlayman. Lekin Uayt ham koʻp yillar davomida "otalari" aka-uka Fertittalarga ishlagan edi-ku?! Endi esa uning yangi "otasi" bor — Turki Al Al-Shayx. Dana Uayt Turki Al ash-Shayxga xizmat qiladi. U kompaniya xodimi", – deya Hirnning soʻzlarini keltirdi "Mirror" nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!