
Ana xolos! Dunyoning eng sovrindor futbolchisi jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Dani Alves jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda.
Bir ayol Kataloniya politsiyasiga Barselonadagi Tucet ko‘chasidagi Satton klubida 39 yoshli futbolchi tomonidan zo‘ravonlikka uchraganini aytdi.
ABC nashriga ko‘ra, jabrlanuvchi sodir bo‘lgan voqea haqida gapirganda, gumon qilinayotgan Alves allaqachon binoni tark etgan. Futbolchining yaqinlari esa jinsiy zo‘ravonlik faktlarini rad etishmoqda. Ular Alves haqiqatda mazkur muassasada bo‘lganiga qaramay, bu ma’lumot yolg‘on ekanini ta’kidlamoqda.
Kataloniya politsiyasi tungi klubda jinsiy tajovuz sodir etilgani haqidagi xabarlardan keyin tergov boshladi. Jabrlanuvchi Barselonadagi shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va politsiya undan ko‘rsatma oldi.
Voqea 30 dekabr kuni erta tongda sodir bo‘lgan. Qatardagi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida to‘p surgan Alves yangi yil arafasida Barselonaga kelgan.
Ma’lumot uchun, Dani Alves faoliyati davomida “Sevilya”, “Barselona”, “Yuventus”, PSJ va “San-Paulu” klublarida to‘p surgan. U 2022 yilda Meksikaning Pumas klubi bilan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar