Ana xolos: Fyuri – Joshuа jangining ahamiyati yana-da oshib ketdi!
Britaniyalik Tayson Fyuri (36-2-1, 25 KO) WBC ning og‘ir vazn toifasi reytingida birinchi o‘rinni egalab turibdi. Entoni Joshua (30-4, 27 KO) esa beshinchi pog‘onada. Biroq endi ular o‘rtasidagi jang ahamiyati yanada oshishi mumkin.
Boisi Jahon boks kengashi prezidenti Maurisio Suleyman ushbu jang g‘olibi WBC kamari uchun majburiy da’vogar maqomini qo‘lga kiritishini ma’lum qildi. Ya’ni Joshua yoik Fyuri amaldagi chempion Agit Kabayel(27-0, 19 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.
"Fyuri bizning reytingimizda birinchi raqamli bokschi, shu bois bu to‘qnashuvni eliminator jangi sifatida ma’qullaymiz. Tayson bilan munosabatlarimiz doim iliq bo‘lgan. Joshua hali WBC chempioni bo‘lmagan, ammo biz uni o‘z vaqtida reytingda birinchi o‘ringa qo‘yganmiz. U ilk bor jahon chempioni bo‘lganida esa WBC ro‘yxatida ikkinchi pog‘onada edi. Endi aynan shu bahs Entoniga bizning kamar uchun ham kurashish imkoniyatini beradi", — dedi Suleyman.
Eslatib o‘tamiz, Joshua va Fyuri qarama-qarshiligi 20 noyabr kuni Nyu-York shahrida o‘tkaziladi.

Fikrlar