Ana xolos! Hokim "Liverpul"ning chempion bo‘lishiga to‘sqinlik qilmoqda

  • 01.05.2020 02:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” klubi 30 yillik tanaffusdan so‘ng yana APL shohsupasiga ko‘tarilishga yaqin turgan bir paytda shahar meri Jo Anderson bunga qarshilik qilmoqda.

Uning fikricha, agar mavsum davom ettirilsa “Enfild” atrofiga minglab odamlar yig‘iladi va butun shahar “qizillar”ning chempionligini nishonlash uchun ko‘chaga chiqadi. Bu esa karantin qoidalarini keskin buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu bois Jo mavsumning tiklanishiga qarshi chiqmoqda.

Anderson o‘z so‘zlariga qo‘shimcha qilar ekan, bu kabi ajoyib ob-havoda aholining to‘planishiga qarshilik qilishga hatto politsiyaning ham kuchi etmay qolishi mumkin. U muxlislar hukumat tomonidan o‘rnatilgan qat’iy tartiblarni buzishlaridan cho‘chimoqda.

O‘z navbatida “Liverpul” shahar merini ushbu bayonotidan so‘ng jiddiy tanqid ostiga olgan. Mersisaydliklarning ma’lum qilishicha ular fan-klub etakchilari bilan muxlislarning qoidalarga rioya qilishlari bo‘yicha o‘zaro kelishib olishgan.

Yurgen Klopp shogirdlari 29 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Manchester Siti”dan naqd 25 ochkoga ilgarilab ketishgan va agar mavsum davom ettirilmasa, ular muqarrar chempionlikdan mahrum bo‘lishlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!