Ana xolos! La Liganing ikki klubi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan

  • 16.05.2020 21:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Xetafe" va "Vilyarreal" klublari kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Gap jamoalarning 2019 yil may oyida o‘tkazgan o‘yini haqida ketmoqda. Ushbu bahs 2:2 hisobida yakunlangan edi.

El Pais nashri muxbiri ikkala jamoaning sobiq futbolchilari o‘rtasidagi suhbat yozilgan audioyozuvni e’lon qilgan. Ushbu suhbatda futbolchilar yuqoridagi uchrashuvda qanday natijaga erishish kerakligini aytishgan. Taxminlarga ko‘ra, futbolchilar “kelishuv” bo‘yicha ushbu o‘yindan so‘ng 2 mln evro ishlab olishgan.

"Xetafe" va "Vilyarreal" klublari esa ushbu ayblovlarni keskin inkor etmoqda. Ular El Pais nashrini sudga berishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!