Ana xolos: “Liverpul” yulduzini sotish fikridan qaytdi
“Liverpul” rahbariyati niderlandiyalik hujumkor futbolchi Kodi Gakponi bu yozda sotmaslikka qaror qildi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchiga munosib o‘rinbosar topa olmagani “Gakponi sotish” rejasidan voz kechishga sabab bo‘lgan.
Avvalroq “Manchester Siti” niderlandiyalik futbolchi uchun 85 million funt (taxminan 99 million yevro) taklif qilgandi, biroq “Liverpul” vaziyatdan kelib chiqib bu taklifni rad etgan. Gakponing o‘zi ham amaldagi jamoasida qolishga qaror qilgan.
27 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2023 yil yanvaridan buyon “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Gakponing bozorga qiymati 60 mln yevro.

Fikrlar