Ana xolos: Mağlub jamoa ikkita tarixiy ko‘rsatkich qayd etdi
Angliya Premier-ligasining 18-turida mamlakatning amaldagi chempioni “Liverpul” o‘z muxlislari guvohligida chempionat autsayderi “Vulverxempton” futbolchilarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu natijadan keyin “bo‘rilar” birdaniga ikkita antirekord qayd etdi. “Vulverxempton” Angliya Premier-ligasida 18 ta turda atigi ikki ochko jamg‘ardi va musobaqaning ushbu bosqichida mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat oliy divizioni tarixida eng kam ochko olgan jamoa sifatida antirekord o‘rnatdi.
Bu haqida Squawka xabar bermoqda.
Bundan tashqari, “Vulverxempton” so‘nggi 123 yil ichida Angliya yuqori divizionida chempionatning dastlabki 18 o‘yinida birorta ham g‘alaba qozonmagan birinchi jamoaga aylandi.
Joriy mavsumda APL turnir jadvalining eng quyi pog‘onasida borayotgan “bo‘rilar” hisobida hali birorta ham g‘alaba yo‘q. Jamoa ikki bor durang o‘ynagan va 16 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar