Ana xolos! Mamlakatning eng nomdor jamoasi kelishilgan o‘yinda ishtirok etgan va u Superligadan chetlatiladi (FOTO)
Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi mamlakat Superligasidan chetlatilishi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, pireyaliklar kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishgan. Aniqrog‘i, "Olimpiakos" 2015 yil "Atromitos" klubiga qarshi o‘yinni sotib olgan va 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Agar “Olimpiakos”ning xatti-harakatlari isbotlansa, jamoa quyi divizionga tushirib yuboriladi. Klub prezidenti Evangelos Marinakis esa 3 mln evro jarimaga tortiladi va umrbod futboldan chetlatiladi.

Ta’kidlash kerakki, "Olimpiakos" Gretsiyaning eng nomdor jamoasidir. Ushbu jamoa 44 karra Gretsiya chempioni va 27 karra mamlakat kubogi sohibi hisoblanadi.
Fikrlar