Ana xolos! “Manchester Siti” rahbariyati iste’foga chiqarilishi mumkin

  • 27.09.2026 12:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning egalari va rahbariyati klub moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha qo‘yilgan 115 ta ayblovning aksariyati bo‘yicha aybdor deb topilganidan keyin iste’foga chiqish talablariga duch kelishi mumkin.

Bu haqida talkSPORT jurnalisti Aleks Kruk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bunday «keskin chora» hukumat huzuridagi Mustaqil futbolni tartibga solish organi (IFR) sud qarorlarida tilga olingan yuqori lavozimdagi mansabdorlarni belgilangan talablarga javob bermaydi, deb topgan taqdirda qo‘llanishi mumkin.

Bunday qaror qattiq sanktsiyalar uchun asos bo‘lishi mumkin: regulyatorning o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chora ko‘rishi yoki Angliya Premier-ligasini klub rahbariyatiga nisbatan keng qamrovli tekshiruv o‘tkazishga majburlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil sentabr oyida IFR Premier-liga klublarining egalari va direktorlari uchun yangilangan talablar bo‘yicha testni rasmiy tasdiqlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!