
Ana xolos: “Manchester Yunayted” afsonasining MMA dagi debyut jangi bekor qilindi!
43 yoshli frantsiyalik futbolchi va “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Patris Evraning aralash yakkakurashlar bo‘yicha debyut jangi bekor qilindi. Aniqrog‘i butun PFL turniri noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar bermoqda.
"23 may kuni Parijda bo‘lib o‘tishi belgilangan PFL turniri qoldirildi. Yangi sanani tez orada ma’lum qilamiz" - dedi liga o‘z bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Evraning raqibi hozirgi kunga qadar ham aniq bo‘lmagan edi.
Fikrlar