Ana xolos: Mbappe boshqa yurtdan uy tanladi, PSJ xavotirda

  • 1 yanvar, 2024, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar oynasi ochilishi bilan PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transfer masalasi yana kun tartibiga qaytdi.

Tecno

Mbappe hali faoliyatini qaerda davom ettirishini ochiqlagani yo‘q. PSJ mutasaddilari hujumchi jamoa qolishini ta’kidlayapti.

“Real” esa, 25 yoshli forvardga rasmiy taklif yuborishini va qarorini 15 yanvarga qadar aytishi kerakligini uqtiryapti.

El Chiringuito nashrining xabar berishicha, Kilian Mbappe Madrid shahridan o‘ziga uy tanlagan va uni bronlagani ma’lum bo‘ldi. Bu holat, frantsiyalik forvardning qanday qarorga kelishini taxmin qilish imkonini beradi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, Mbappening Madriddan uy tanlagani PSJ xo‘jayinlarida xavotir uyg‘otishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!