Ana xolos! Mbappe PSJdan o‘zini transferga qo‘yishni so‘ramoqda

  • 7 iyun, 2019, 00:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi forvardi Kilian Mbappe mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketmoqchi.

Tecno

El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli frantsiyalik futbolchi klub rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishni so‘ragan. Ma’lumotlarga qaraganda u “Real”ga o‘tmoqchi.

Qayd etish lozimki, Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 200 mln evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Mbappe yakunlangan mavsum PSJ safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushdi va 39ta gol hamda 17ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!