Ana xolos. Messi Saudiyaga ruxsatsiz ketvorgan!

  • 2 may, 2023, 22:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi Saudiya Arabistoniga kelgan edi.  Ma’lum bo‘lishicha, argentinalik yulduz safarga jamoa bosh murabbiyi Kristof Galte va sport direktori Luish Kampush ruxsatisiz borgan.

Tecno

L'Equipe nashrining yozishicha, Lionel Messi Saudiya Arabistonining turizm bo‘yicha elchisi hisoblanadi. U arab mamlakatiga o‘zaro shartnoma majburiyatidan kelgan.

Messi bu safarini avvalroq amalga oshirishi kerak edi. Biroq, chempionatdagi mag‘lubiyatlar uning rejasiga ta’sir qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, Messi avvalgi rejalarini Galte va Kampush bilan muhokama qilib, ulardan ruxsat olgan. Lekin “Loryan”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin murabbiylar shtabi dam olish kuniga mashg‘ulot qo‘ygani argentinalik hujumchining yo‘lga chiqishiga to‘sqinlik qilgan.

Tez orada Saudiya Arabistonida harorat ko‘tarilishini inobatga olgan Messi ruxsatni kutmasdan majburiyatini bajarish uchun bu mamlakatga kelgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Каримов Нозиржон
04/05/2023 09:40
Рекламани йукотинглар админлар хеч нарса укиб булмаяпти