Ana xolos! Messining otasi Bekxemning klubi bilan muzokaralar o‘tkazdi
"Barselona" klubi sardori Lionel Messining otasi Devid Bekxemga tegishli hisoblangan "Inter Mayami" klubi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Bekxem argentinalik futbol yulduziga mavsum yakunlangach o‘zining jamoasiga o‘tishni taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq, kataloniyaliklar rahbariyati ham Messi bilan bir umrlik shartnoma imzolashga tayyor.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Messi “Barselona” safida 2003 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar